Yirik korxonadan yangi loyiha
Yurtimizda keng miqyosda uy-joylar, maktab, bog‘chalar va zamonaviy shaharlar qurish ishlari jadal bormoqda.
Yurtimizda keng miqyosda uy-joylar, maktab, bog‘chalar va zamonaviy shaharlar qurish ishlari jadal bormoqda. Bu esa yangi turdagi mebel jihozlariga bo‘lgan ehtiyojni oshirmoqda.Shuningdek, mebel xom-ashyo, ya’ni LDSP va LMDF ga bo‘lgan talab ham shunga yarasha bo‘lmoqda. Bunday o‘zgarish raqamlarda yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Misol uchun, 2016 yil 59.8 million metr kub LDSP import qilingan bo‘lsa, 2017 yilda bu ko‘rsatkich 73.9 million metr kubga, 2018 yilda esa qariyb 100 million metr kubga yetdi.
Bozorda talabning oshib borishi esa bu yo‘nalishda yangi loyihalar ishlab chiqishga qo‘l keladi. Olmazor tumanidagi “ALMUS Companies” mas’uliyati cheklangan jamiyati laminatlangan LDSP, LMDF hamda propitka qilingan dekorativ qog‘oz ishlab chiqarish loyihasini amaliyotga joriy etmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 4.013 million yevroni tashkil etmoqda.
Ayni vaqtda ishlab chiqarish quvvatining atigi 56 foizidan foydalanayotgan korxona yangi loyiha tufayli 81 foiz quvvatda ishlay boshlaydi. Shuningdek, hozirda faoliyat yuritayotgan 120 nafar ishchi yoniga yana yigirmaga yaqin yoshlar qo‘shiladi.
Ayni vaqtda xom ashyo xaridi uchun “TLD Ekspo” (Rossiya) korxonasi bilan 2.0 million yevro miqdorida shartnoma imzolangan. Mahsulotlarni Germaniya texnologiyasi asosida ishlab chiqarish mo‘ljallanayotgani tufayli kelgusida bu mahsulotlarning sifati yuqori bo‘lishi aytilmoqda.


