Yevropada namoyish to‘qnashuvga aylandi
Belgiyaning Bryussel va Lej shaharlarida namoyishchilar politsiya bilan to‘qnashdi. Turmush qiymati oshishiga qarshi o‘tkazilgan aksiyada tartibsizlik kuzatildi.
Poytaxtda yoshlarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv to‘pidan foydalanilgan. Olomon huquqni muhofaza qiluvchi xodimlarga qarata shisha idish va boshqa buyumlar irg‘itgan. Ichki ishlar vaziri Bernar Kenten voqeani oddiy namoyish emas, balki jamiyat barqarorligiga tahdid soluvchi zo‘ravonlik sifatida баҳолади.
Fransiyada ham ommaviy namoyish tartibsizlikka aylandi. Parijdagi voqealarni yoritayotgan “Euronews” telekanali jamoasi talonchilik sodir bo‘layotgan supermarket yaqinida hujumga uchradi. Jurnalist Estel Nilsson-Jyulen aytishicha, niqob taqqan shaxslar operatorni urib, mikrofonni tortib olishga uringan. Poytaxtning boshqa tumanlarida aksiya tinch o‘tgan. Faqat odamlar soni haddan ziyod ko‘paygan joylardagina vaziyat taranglashgan.
Musulmon Ziyo, O‘zA