Yevropada gaz narxi ko‘tarildi
London "ICE" birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropada gaz narxi 9 foizga oshib, ming kubometr uchun deyarli 576 dollarni tashkil etgan.
Ta’kidlanishicha, Yaqin Sharqdagi mojaro kuchayib borayotgan bir paytda mart oyida Yevropada o‘rtacha gaz narxi fevral oyiga nisbatan 59 foizga oshgan. Eng yuqori ko‘rsatgich 19-mart kuni qayd etilgan.
Tahlillarga ko‘ra, ko‘hna qit’ada gaz narxi 2021-2022-yillarda sezilarli darajada yuqori bo‘ldi. Bunday narxlar 1996-yildan beri Yevropada kuzatilmagan. 2022-yil bahorining boshida narxlar rekord darajadagi har ming kubometr uchun 3892 dollarga yetgandi.
G.Sattorova, O‘zA