Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichining barcha juftliklari aniqlandi
Pley-offning final bosqichida ishtirok etadigan jamoalar va barcha juftliklar ma’lum bo‘ldi.
11-avgust oqshomida UEFA Chempionlar ligasi 2026/27-yilgi mavsumi uchinchi saralash bosqichining javob uchrashuvlari yakunlandi. Natijada pley-off bosqichida ishtirok etadigan jamoalar va barcha juftliklar ma’lum bo‘ldi.
Chempionlar ligasi pley-off bosqichi juftliklari:
«Fenerbaxche» — «Lion»
«NEK Neymegen» — «Budyo-Glimt»
«Hapoel» Beer-Sheva — «Sabah»
«Slovan» — «Sele»
«Seltik» — LASK
«Dinamo» Zagreb — «Viking»
«Levski» — AEK
Pley-off bosqichining dastlabki uchrashuvlari 18-avgust, javob bahslari esa 25-avgust kuni o‘tkaziladi.
Juftliklar g‘oliblari Chempionlar ligasining asosiy bosqichiga yo‘l oladi. Mag‘lub bo‘lgan jamoalar esa Yevropa ligasining asosiy bosqichida ishtirok etadi.