Yevroittifoq keng ko‘lamli harbiy mashqlarga tayyorlanmoqda
Yevropa Ittifoqi tuzilmaga a’zo davlatlardan biriga hujum qilingan taqdirda, o‘zaro yordam mexanizmini qo‘llash bo‘yicha keng ko‘lamli harbiy mashqlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb yozdi “Bloomberg” nashri.
Ta’kidlanishicha, ssenariy Qo‘shma Shtatlar ishtirokisiz harakatlarni nazarda tutadi. Tashabbus avval YeIga a’zo davlatlar elchilari tomonidan Bryusselda muhokama qilinadi, shundan so‘ng bu masala may oyida Kiprda bo‘lib o‘tadigan mudofaa vazirlari yig‘ilishida ko‘tariladi.
Ushbu mavzu kelasi hafta bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi rahbarlarining norasmiy sammiti kun tartibida ham mavjud.
S.Rahimov, O‘zA