Yerni yetti iqlimga ajratgan olim (+video)
Allomalarimiz haqida 10 ta fakt
Birinchi va ikkinchi Uyg‘onish davrida yashab, ijod qilgan buyuk ajdodlarimiz ilm-fan ravnaqiga ulkan hissa qo‘shib, qator yangiliklarni ixtiro qilgan. Ularning ilmiy va ma’naviy merosi bugungi avlodning komillik darajasini yuksaltirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligidagi “Allomalarimiz haqida 10 ta fakt” loyihasining bu galgi sonida buyuk matematik, astronom va geograf olim Muso al-Xorazmiy haqidagi ma’lumotlarni taqdim etamiz.
1) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy 783 yilda Xorazm diyorida tavallud topgan.
2) Xorazmiy “0” raqamini ixtiro qilgan.
3) Alloma butun dunyoda keng foydalanilayotgan o‘nlik sanoq sistemasini ilmiy muomalaga kiritgan.
4) Hali G‘arbda ko‘pchilik yer tekislikdan iborat, deb yurgan bir paytda Xorazmiy sayyoramiz yumaloq shaklda ekanini isbotlagan.
5) Quyosh soatlarining eng muhim tarkibiy elementi bo‘lgan “marmar plita”ning yasalish usulini Xorazmiy kashf etgan.
6) Matematika fani qadimgi dunyo davridan toki alloma davrigacha algebra va arifmetika kabi bo‘limlarga ajratilmagan. Faqat al-Xorazmiy davridan boshlab algebra matematikaning alohida bo‘limi bo‘lib ajraldi.
7) Allomaning “Zij” asarida ilk marta tangens funksiyasi kiritilgan.
8) Al-Xorazmiy o‘zining “Kitob surat-ul-arz” asarida yerning ma’mur, ya’ni insonlar yashaydigan obod qismini yetti iqlimga ajratgan.
9) Alloma 850 yilda Bag‘dodda vafot etgan.
10) 1976 yili Sayyoralar tizimini nomlash ishchi guruhi tomonidan Oydagi mashhur kraterlardan biriga Muso Xorazmiy nomi berilgan.
PS: “Allomalarimiz haqida 10 ta fakt” loyihasi doirasida taqdim etilayotgan lavhalar sun’iy intellekt yordamida “O‘zbekiston tarixi” telekanali bilan birgalikda tayyorlandi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/1qtU0446sew" title="Yerni yetti iqlimga ajratgan olim" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Komilova, A.Ahmedov (video), O‘zA