Yerdan millionlar topayotganlar
Jizzax viloyati Yangiobod tumanida qishloq xoʻjaligini yangi texnologiyalar asosida rivojlantirish, intensiv bogʻ va zamonaviy issiqxonalar tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Jizzax viloyati Yangiobod tumanida qishloq xoʻjaligini yangi texnologiyalar asosida rivojlantirish, intensiv bogʻ va zamonaviy issiqxonalar tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Buni joriy yilda tumanda mahsulot yetishtirish oʻtgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada oshgani misolida ham koʻrish mumkin.
Yangiobod shaharchasidagi “Yangiobod iftixori” xususiy korxonasi tijorat bankining 150 million soʻmlik krediti koʻmagida 50 sotix yerda issiqxona tashkil etdi. Ayni paytda bu yerda pomidor va limon yetishtirilmoqda. Tadbirkor pomidor va limon hosilini yangi yil dasturxoni uchun bozorga chiqarishni moʻljallagan.
– Tadbirkorlar uchun davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar tabiiy iqlim sharoiti ogʻir hududlarda mahsulot yetishtirishda qoʻl kelmoqda, – deydi korxona ish boshqaruvchisi Farmonqul Mamarajabov. – Bankning imtiyozli kreditidan foydalanib, issiqxonada tomchilatib sugʻorish texnologiyasini yoʻlga qoʻyganmiz. Oʻtgan yili pomidordan yaxshi daromad qildik. Bu yil limon hosili hisobiga daromadimizni yanada koʻpaytirishni moʻljallayapmiz.
Korxona tarkibida 12 oʻrinli mehmonxona, choyxona faoliyat koʻrsatmoqda. Bu yil 7 gektar maydonda bogʻ barpo etishga kirishildi. Kelasi yildan ish oʻrinlari yana koʻpayadi.
Shaharchadagi yana bir tadbirkor68 yoshli mehnat faxriysi Gʻaniboy Quvondiqov 5 sotixli issiqxonada limon, xurmo, apelsin, mandarin koʻchatlari yetishtiradi. Oʻtgan yili koʻchatlarni hududdagi dehqon-fermerlarga sotib yaxshi daromad qilgan qishloq tadbirkori bu yil issiqxonada atirgul koʻchati ham yetishtirmoqda.
Shaharchadagi yana bir tadbirkor68 yoshli mehnat faxriysi Gʻaniboy Quvondiqov 5 sotixli issiqxonada limon, xurmo, apelsin, mandarin koʻchatlari yetishtiradi. Oʻtgan yili koʻchatlarni hududdagi dehqon-fermerlarga sotib yaxshi daromad qilgan qishloq tadbirkori bu yil issiqxonada atirgul koʻchati ham yetishtirmoqda.