Yengil atletikachilarimiz mavsumni boshladi
Chirchiq shahrida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yengil atletika bo‘yicha mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi.
Chirchiq shahrida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yengil atletika bo‘yicha mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi.
Qizlar o‘rtasida bosqon va disk uloqtirish bo‘yicha Rigina Adashboeva 2 oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Uzunlikka sakrash bahsida Darya va Andrey Reznichenkolar chempionga aylandi. Balandlikka sakrashda Timur Rahmatullaev va Olga Shlentova g‘olib bo‘ldi.
Turli masofalarga yugurishda Jaloliddin Hamroqulov, Anvar Sarimsoqov, G‘olib Tohirjonov, Azim Abdullaev, Otabek Toshquvvatov, Durdona Hamidullaeva, Viktoriya Levina, Iroda Yo‘ldosheva, Kamola Ablaeva, Marjona Baratov shohsupaga ko‘tarildi.
Shuningdek, 60 metr masofaga to‘siqlar osha yugurishda Ergash Normurodov va Mehrangiz Ernazarovaga teng keladigani topilmadi.