YeK Ukrainaga 1.35 milliard dollar yordam bermoqchi
Yevropa Komissiyasi Ukrainaga 1.2 milliard yevro miqdorida yordam taklif qildi.
— Ushbu mablag‘ Ukrainaga qayta moliyalashtirish ehtiyojini qondirishda asqotadi, — dedi YeK rahbari Ursula fon der Lyayen o‘z video murojaatida. — Yevropa parlamenti va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tomonidan ushbu taklif ma’qullansa, tuzilma belgilangan pulning yarmini darhol to‘lashga tayyor. Yana bir bor aytaman, Ukraina erkin va suveren mamlakat sifatida tanlovni o‘zi hal etadi.
O‘tgan hafta Ursula fon der Lyayen agar Ukrainaga hujum qilsa, Rossiyani “jiddiy iqtisodiy, moliyaviy sanksiya kutayotgani”ni ma’lum qilgan edi.
Bundan tashqari AQSH Yevropadagi ittifoqchilarini Rossiya Ukrainaga bostirib kirish uchun zamin hozirlayotgani, chegarada 100 mingdan ortiq askar, shuningdek, artilleriya uskunasi va tanklar joylashtirganini aytib ogohlantirmoqda.
Ta’kidlash kerak, NATO Rossiya 2014 yil Qrimni noqonuniy anneksiya qilganini pesh qilib, Sharqiy Yevropada o‘z ishtirokini kuchaytira boshlagan.