YEI 10 ta davlatga 3 milliard yevro ajratdi
Bu haqda Yevropa komissiyasi rahbariyati Bryusseldan turib tarqatgan bayonotda aytilgan.
Yevropa Ittifoqi koronavirus pandemiyasi oqibatida roʻy berayotgan iqtisodiy boʻhron munosabati bilan tuzilma tarkibidagi kasallik bilan kurashda qiynalayotgan mamlakatlarga jami 3 milliard yevro miqdorida moliyaviy koʻmak berishga qaror qildi. Bu haqda Yevropa komissiyasi rahbariyati Bryusseldan turib tarqatgan bayonotda aytilgan.
“Yevropa komissiyasi qoʻshnichilik va munosabatlarni kengaytirish siyosati doirasida 10 ta sherik davlatga 3 milliard yevro miqdorida makromoliyaviy yordam ajratish toʻgʻrisidagi taklifni maʼqulladi. Ushbu mablagʻlar koronavirus pandemiyasining oʻsha mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy taʼsirini cheklash uchun yordam sifatida yoʻnaltiriladi”, — deyilgan hujjatda.
Maʼlumotlarga qaraganda, eng koʻp — 1,2 milliard yevro koʻmak Ukrainaga beriladi.