Yaxshi kadr – bo‘lmas beqadr
Bugun «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universitetida «Yangi O‘zbekiston uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bitiruvchilarni davlat xizmatiga keng jalb etish istiqbollari» mavzusida talaba yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbir ZOOM platformasi orqali ham namoyish etildi.
Tadbirni universitet rektori, professor B.Mirzayev boshqarib bordi.

Agentlik va «TIQXMMI» MTU o‘rtasida «Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum» imzolashga hamda ushbu hujjatda yangi avlod kadrlarini maqsadli tayyorlash, iqtidorli yoshlar bilan ishlashga metodik yordam ko‘rsatish, davlat fuqarolik xizmati bo‘yicha amaliy darslar va stajirovkalar o‘tkazishga kelishib olindi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligidan Abbos Akromov, Feruza Jo‘rayeva, Abdurahmon Umarovlarning ma’ruzalari tinglandi.

Agentlik direktori o‘rinbosari Amirtemurxon Musayev tadbirda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlanish masalasiga hozirdan alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etdi.
Shuningdek, tadbir davomida agentlik tomonidan yo‘lga qo‘yilgan «Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali» https://vacancy.argos.uz/, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatida “KPI” eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash tizimi, “HR metrica”, meritokratiya tamoyilini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Tadbir so‘ngida mart oyidan boshlab universitet bitiruvchi kurs talabalariga Agentlik mutaxassislari tomonidan davlat fuqarolik xizmati sohasida amaliy darslar tashkil etishga kelishib olindi.
«TIQXMMI» MT universiteti matbuot xizmati