“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda
Joriy yilning 21 oktyabrida Prezidentimiz raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Zomin tumanida ham belgilangan vazifalar, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, bog‘ va yashil maydonlar tashkil etish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Tumanda yangi bog‘lar, yashil maydonlar tashkil etish bilan birga, ekilgan ko‘chatlarni tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish, har tup niholni asrab-avaylash, amal olishini ta’minlash, zarur agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish, ularni turli kasalliklardan himoya qilish kabi yumushlarga ham e’tibor qaratilmoqda.
[gallery-20205]
Joriy yil kuz mavsumida Zomin tumanida 526 ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan.
Ayni paytda esa tumandagi korxona, tashkilot, muassasa va mahallalarda ham kuzgi ko‘chat ekish ishlari izchillik bilan olib borilmoqda.
Dastlab ko‘chat ekishga mo‘ljallagan maydon tozalanib, yerlarni tekislash va sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish ishlari olib borildi. Shundan keyin esa tumanda yoppasiga ko‘chat ekish ishlariga kirishildi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),
O‘zA muxbirlari