Yaponiyada o‘ziyurar poyezd sinovdan o‘tkazildi
Yaponiyaning “JR East” temir yo‘l kompaniyasi xodimlari birinchi marta o‘zini o‘zi boshqarish tizimiga ega “Sinkansen” tezyurar poyezdni sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, sinov paytida 12 vagonli tezyurar poyezd mashinisti avtomatik rejimga o‘tgan va poyezd harakatiga umuman aralashmagan. “Ye7” seriyali poyezd dispetcher xonasidan masofadan boshqariladi. Bu Yaponiyada o‘ziyurar poyezdning birinchi sinovidir.
Ushbu tadqiqotdan maqsad haydovchisiz poyezd bo‘lsa-da, sinov paytida bir necha mashinist va ekipaj a’zolari jarayonda ishtirok etgan.
“JR East” kompaniyasi vakilining ta’kidlashicha, poyezdning avtonom to‘xtash usuli muvaffaqiyatli o‘tgan, ammo kompaniya hali ham uni ustida ish olib borishda davom etadi.