Yangishahar mahallasida “Onalar bog‘i” barpo etildi
FOTOREPORTAJ
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani Yangishahar mahallasi hududida “Onalar bog‘i” barpo etildi.
[gallery-9472]
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirova, tumandagi “Oqila ayollar” harakati a’zolari, tumanning nuroniy onaxonlari, faol xotin-qizlari ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan 0,50 gektar maydondagi “Onalar bog‘i”ga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA