Yangilanishlarni mahallalardan boshlash zarur?
Sirdaryoliklarning bor diqqat e’tibori Prezidentimizning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga yo‘llanadigan Murojaatnomasi va albatta, joriy yilning qanday nomlanishiga qaratilgan.
Davr nafasi
Sirdaryoliklarning bor diqqat e’tibori Prezidentimizning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga yo‘llanadigan Murojaatnomasi va albatta, joriy yilning qanday nomlanishiga qaratilgan.
Mahalla tizimida salkam ikki yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelaman. Keyingi 3 yil, aniqrog‘i 2017 yildagi Davlatimiz rahbarining parlamentga yo‘llagan murojaatnomasidan so‘ng o‘tgan yillar davomida amalga oshirilgan ulkan ishlar, davlatimiz ichki va tashqi siyosati bo‘yicha qonunchilik tashabbuslari ilgari surilgan edi. Shundan kelib chiqib, Murojaatnomada bildirilgan tashabbus va belgilangan vazifalar izchil amalga oshirildi. Mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida muhim ahamiyat kasb etgan ushbu Murojaatnoma chuqur mazmun va muhim ahamiyat kasb etdiki, barcha sohalarga aloqadorligi bilan xalqimizda va hamkor mamlakatlarning alohida e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, mahallalar tizimida o‘zgarish, yangilanishlar bo‘lmas ekan, jamiyatimizda ham olg‘a intilishni kutish qiyin. Shundan kelib chiqqan holda bu yilgi Murojaatnomada mahalla institutlari rolini yanada oshirish, imkoniyatlarini kengaytirish orqali aholi turmush farovonligini yaxshilanishiga qaratilgan g‘oyalar ilgari surilishini kutyapmiz. Avvalo o‘zgarishlarni, yangilanishlarni mahallalardan boshlashimiz eng adolatli yo‘l bo‘lardi.
Murojaatnomada xotin-qizlarimiz turmush sharoitini yaxshilash, ularning badligini ta’minlash, yashash sharoitlarini yuksaltirish, farzand tarbiyasidagi rolini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilishini istaymiz. Shuningdek, Sirdaryo viloyati Kengashining deputati, Senat a’zosi sifatida Murojaatnomada xalqimiz va davlatimizning ertangi kuni uchun muhim vazifalar belgilab berilishiga aminman.
“Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida o‘tkazilgan saylovlarda saylangan deputatlar imkoniyatlarini kengaytirish, butunlay yangicha tizimda faoliyat ko‘rsatishlari kerakligi Murojaatnomada o‘z aksini topadi.
Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasi ham, mahalliy kengashlar ham yangi tarkibda shakllandi. Bundan buyon oldimizda juda muhim vazifalar va ulkan mas’uliyat turibdi. Murojaatnomada yangraydigan vazifalarning bajarilishi yuzasidan ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament va mahalliy kengashlar nazoratini kuchaytirish uchun qabul qilinadigan qonunlarimizni mukammallashtirishimiz va yanada takomillashtirishimiz, hech shubhasiz yangi qonunlar ishlab chiqishmiz shart. Bu borada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari o‘rtasida izchil bog‘liqlikni mustahkamlash kerak.
Bizga katta ishonch bildirib saylab qo‘ygan saylovchilarimizning talab va istaklarini eshitish, ularning hayoti va manfaatlari bilan bog‘liq qonunlar qabul qilishda eng avvalo tuman, shahar kengashlari deputatlari katta tayanch kuchi bo‘lmog‘i lozim.
Anvar TO‘YChIEV,
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari faoliyatini muvofiqlashtirish
bo‘yicha Sirdaryo viloyati kengashi
raisining birinchi o‘rinbosari