Yangihayotda 200 nafarga yaqin kurashchi bellashdi
FOTOREPORTAJ
bugungi kunda mamlakatimizda milliy sport turi — kurashni ommaviyligini oshirish, yosh iste’dodni kashf etish yo‘lida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Toshkent shahar prokurori, shahar kurash federatsiyasi tashabbusi bilan yangi to‘garaklar ochilib, mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yildi. Federatsiya tomonidan yillik taqvim reja tuzilib, har bir tumanda mahallalar kurashchilari o‘rtasida “Polvonlari ko‘p yurt qudratli bo‘lur” shiori ostida tuman prokurorlari sovrini uchun turnirlar uyushtirilmoqda. Navbatdagi musobaqa bolalar, o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida Yangihayot tumani prokurori sovrini uchun bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 2012-2013 yillar tug‘ilgan bolalar (30 kg, 36 kg), 2008-2009 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar (50 kg, 60 kg), 2005-2006 yillarda tug‘ilgan yoshlar (55 kg, 71 kg) hamda kattalar (73 kg, 90 kg) g‘oliblik uchun gilamga chiqdi.
[gallery-6787]
Ikki yuz nafarga yaqin kurashchi ishtirok etgan bahslar yakunida o‘z vazn toifalari Jahongir Qodirov (30 kg), Muhammaddiyor Xolmirzayev (36 kg), Lutfullo Akbarov (50 kg), Bunyod Jabborov (55 kg), Bekjahon Murodullayev (60 kg), Jasur Shakarboyev (71 kg), Qobil Ahmedov (73 kg), Ahror Ziyodullayev (90 kg)larga teng keladigani topilmadi.
Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Elbek Inomjonov, shahar Majburiy ijro byurosi boshlig‘i Orif Bozorov, tuman sektor rahbarlari g‘olib va sovrindorlarni medal, diplom, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.
Bungacha ana shunday nufuzli musobaqalar poytaxtimizning Chilonzor, Sergeli, Yashnobod, Shayxontohur tumanlari prokurori sovrini uchun o‘tkazilgandi.
Kurash bo‘yicha “Polvonlari ko‘p yurt qudratli bo‘lur” shiori ostida Yangihayot tumani prokurori sovrini uchun o‘tkazilgan musobaqaning barcha g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:
2012-2013 yillar tug‘ilgan bolalar o‘rtasida
30 kg
1. Jahongir Qodirov;
2. Ramziddin Toshturdiyev;
3. Ramziddin Mahammadiyev;
3. Dilbek Hazratkulov.
36 kg
1. Muhammaddiyor Xolmirzayev;
2. Jasur Murodullayev;
3. Jamshid Yangiboyev;
3. Abdulloh Saydullayev.
2008-2009 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida
50 kg
1. Lutfullo Akbarov;
2. Umarbek Jumanazarov;
3. Ovulbek Shavkatov;
3. Boburbek Isroilov;
55 kg
1. Bunyod Jabborov;
2. Sulaymon Rajabov;
3. Samariddin Qo‘chqorov;
3. Azizbek Tog‘ayev.
2005-2006 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida
60 kg
1. Bekjahon Murodullayev;
2. Temur Jo‘raxonov;
3. Alisher Eshnazarov;
3. Eldorbek Rustambekov.
71 kg
1. Jasur Shakarboyev;
2. Javohir Xurramov;
3. Shahriyor Ashurov;
3. Behzod Niyozov.
Kattalar o‘rtasida
73 kg
1. Qobil Ahmedov;
2. Javohir Safarov;
3. Yigitali Cho‘tboyev;
3. Otabek Hasanov.
90 kg
1. Ahror Ziyodullayev;
2. Eshnazar Xurramov;
3. Lutfullo Rajabov;
3. Sardor Xurramov.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA