Yangi O‘zbekistonning gender siyosati
Yangi O‘zbekistonning bugungi zamonaviy parlamentida ayollar Qonunchilik palatasi deputatlari safida – 32 foizni va Senat a’zolari tarkibida – 25 foizni tashkil etmoqda.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston dunyoning TOP-50 mamlakatlari qatoriga kirdi.
Mamlakatni ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishda xotin-qizlarning rolini oshirish borasida O‘zbekistonda yana qanday muhim natijalarga erishildi? Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan “Yangi O‘zbekistonning gender siyosati” mavuzida tayyorlangan infografikada bu haqda zarur ma’lumotlar taqdim etilgan.
