Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!
FOTOREPORTAJ
Andijonda 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar galakonserti bo‘lib o‘tdi. Unda 140 mingdan ziyod andijonliklar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yoshlarni bayram bilan qutlab, ularga kelgusi o‘qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
[gallery-12497]
“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori bilan o‘tgan galakonsert davomida olimpiya va jahon chempionlari - og‘ir atletikachi Ruslan Nurudinovga “Gentra” avtomobili, bokschi Hasanboy Do‘stmatovga uch xonali uy sovg‘a qilindi.
Taniqli estrada xonandalarining sho‘x kuy-qo‘shiqlari barchani raqsga chorladi.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA