Yangi muhojirlar oqimi AQSH tomon harakatlanmoqda
Markaziy Amerikaning Gonduras davlatidan 400 nafarga yaqin muhojir Gvatemala chegarasi orqali AQSH tomon harakatlanmoqda. Bu haqdagi xabar mahalliy axborot vositalarida keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.
Markaziy Amerikaning Gonduras davlatidan 400 nafarga yaqin muhojir Gvatemala chegarasi orqali AQSH tomon harakatlanmoqda. Bu haqdagi xabar mahalliy axborot vositalarida keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.Maʼlum boʻlishicha, muhojirlar guruhi San-Pedro-Sula shahridan yoʻlga chiqqan.
Politsiya xizmati shaharning Gvatemala bilan chegara hududiga 153 nafar muhojir yetib kelganini qayd etdi. Hozirgi vaqtda ular hujjatlarining nazoratdan oʻtkazilishini kutishmoqda. Muhojirlar karvonining toʻrtinchi guruhi “Yaxshi yashash sharoitini izlab, qashshoqlik va zoʻravonlikdan xalos boʻlish maqsadida” oʻz yurtlarini tark etgan.
Gonduras davlati rasmiylari maʼlumotiga koʻra, hozirgi kunda yana 300 ga yaqin gonduraslik mamlakatni tark etish istagida.
Maʼlumot oʻrnida, AQSH Prezidenti Donald Tramp muhojirlarning chegaradagi harakati yuzasidan Salvador, Gvatemala va Gonduras davlatlariga moliyaviy yordam koʻrsatishni bekor qilgan edi.