Yangi mahalla, yangicha ishlash tizimi, yangi jihozlar
Samarqandda viloyatdagi mahalla fuqarolar yig‘inlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman, shahar bo‘linmalari raislari va hisobchilari, viloyatdagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, moddiy va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar ishtirok etgan tadbirda fond respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari S.Karimov ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi. Samarqanddagi mahallalarni kerakli jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilandi.
Davra suhbatida viloyatdagi 17 mahalla fuqarolar yig‘iniga mebel to‘plamlari va kompyuter jamlanmalari berildi.
Shuningdek, tadbirlar doirasida Samarqand shahridagi Geologlar mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Fond tomonidan ushbu mahallaga mebel jamlanmalari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yashash sharoiti og‘ir bo‘lgan 4 nafar fuqaroga bir martalik moddiy yordam ajratish to‘g‘risidagi sertifikat berildi.
G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA