Yangi loyihada 3 ming kishining bandligi ta’minlanadi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatining Davlatobod tumanida barpo etilayotgan “Iftixor kiyim-sanoat” MCHJning navbatdagi loyihasida 3000 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.
[gallery-11294]
Viloyat sanoat ishlab chiqarishida o‘z mavqeiga ega bu korxona paxta xomashyosidan ip-kalava, to‘quv, bo‘yash, tikuv, denim-non denim ishlab chiqarish kompleksini tashkil etish uchun 17 gektar maydonda qurilish ishlarini olib bormoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shish niyatidagi korxona rahbarlari qurilishni sifatli va tezkor olib borish uchun astoydil harakat qilmoqda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA