Yangi Konstitutsiyada tibbiy yordamning kafolati (+video)
Bugungi kunda tibbiy xizmatlarning sifat darajasi oshib, yangi zamonaviy yo‘nalishlar, davolash va diagnostika usullari, noyob ilmiy-amaliy tajribalar shakllanmoqda. Buni birgina misol, ya’ni qisqa davrda buyrak, jigar va o‘zak hujayralarda 700 dan ortiq murakkab operatsiyalar muvaffaqiyatli amalga oshirilganida ham ko‘rish mumkin.
Bundan tashqari, jamiyatda yashovchi har bir shaxsning malakali tibbiy xizmatdan foydalanishi uning Vatanga bo‘lgan ertangi ishonchini yanada oshiradi. Shunga ko‘ra, Konstitutsiyamizda mamlakatda inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, qadr-qimmatini ulug‘lashda sog‘liqni saqlash tizimi ustuvor ahamiyat kasb etishi qayd etilgan.
Yangi Konstitutsiyaning 40-moddasiga sog‘liqni saqlashga oid normalar qo‘shilgan. Bu haqida batafsil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati ma’lumot beradi.
Batafsil:
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/UbZeB4hL5iM" title="Yangi Konstitutsiyada tibbiy yordamning kafolati" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, H.Abduvoitov O‘zA