Yangi konsepsiya suvni tejash imkonini beradi
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligida 2020-2030-yillarda suv xoʻjaligini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi muhokama qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligida 2020-2030-yillarda suv xoʻjaligini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi muhokama qilindi.
Konsepsiyada suv resurslaridan samarali foydalanish, suv bilan barqaror taʼminlash kabi masalalar koʻzda tutilgan. Tizimga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Mutaxassislar fikricha, konsepsiya hayotga samarali tatbiq etilsa tizimni tubdan rivojlantirish, tomchilatib sugʻorishni yana-da keng joriy qilish, ish unumdorligini oshirib borish evaziga 2030-yilgacha irrigatsiya tarmoqlarida yoʻqoladigan suv resurslarini 10 foizga kamaytirish mumkin. Shu tariqa har yili 5-6 milliard kub suvni iqtisod qilishga erishiladi.