Yangi kitob: «Keksa merganning so‘ngi nishoni»
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Anvar Mirzoning «Keksa merganning so‘nggi nishoni» nomli hikoyalar to‘plamini nashrdan chiqardi.
Kitobda yozuvchining bolaligi, o‘zbekning chapani va halol insonlari aks etgan hikoyalari kiritilgan. Anvar Mirzo hikoyalarida insoniy tuyg‘ular olqishlanadi, kishilardagi samimiyat, ochiq ko‘ngillilik kabi fazilatlarga alohida to‘xtalib o‘tiladi. «Keksa merganning so‘ngi nishoni» hikoyasida ham yozuvchining asosiy e’tibori inson xarakteri va uning fazilatlarini ochib berishga qaratilgan. Asar tadriji davomida yozuvchi keksa merganni o‘quvchiga yaqinlashtiradi. Asarda yozuvchining o‘z badiiy tili va uslubi borligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.Kitob Nabijon Jamoliddin muharrirligida chop etilgan.