Yangi erkin iqtisodiy zonalar faoliyati muvofiqlashtiriladi
Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasi shakllantirilib, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va faoliyat ko‘rsatish amaliyotini o‘rganilib, ularning samarali faoliyat yuritishida mavjud muammo va kamchiliklar bartaraf etish choralari o‘rganib chiqilmoqda va ijobiy hal etilmoqda.
Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasi shakllantirilib, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va faoliyat ko‘rsatish amaliyotini o‘rganilib, ularning samarali faoliyat yuritishida mavjud muammo va kamchiliklar bartaraf etish choralari o‘rganib chiqilmoqda va ijobiy hal etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
Davlatimiz rahbarining 2018 yil 12 apreldagi farmoniga asosan Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi “Jizzax” EIZ filiali va “Yangier” kichik sanoat zonasi xududlari negizida “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilgan.
Tadbirda ta’kidlanishicha, “Sirdaryo” EIZ xududi 897,2 gektarni tashkil etib, uning bosh rejasi ishlab chiqildi. Erkin iqtisodiy zona xududiga jami 40 ta umumiy qiymati 291, 4 million AQSh dollari (shundan 52,2 million dollari xorijiy) investitsiya loyihalari joylashtirilgan va 5 ming nafarga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda umumiy qiymati 131,6 million dollarlik shundan 24,9 million dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtirilishi natijasida 23 ta investitsiya loyihalari ishlab chiqarish faoliyatini boshlagan holda 2 ming 535 nafar ish o‘rinlari tashkil etildi va 616,9 milliard so‘m miqdoridagi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Joriy yilning yanvar-may holatiga ko‘ra, jami 419,7 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, shundan 26 foiz mahsulot eksport qilingan. Sirdaryo viloyatining eksport hajmi rejasi 232,8 million AQSh dollarida belgilangan bo‘lib, haqiqatda 135,3 dollari miqdorida bajarilgan. Yillik rejaga nisbatan 58,1 foizga bajarilgan.
“Sirdaryo-farm” EIZ ga 212,8 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda umumiy qiymati 150,8 million dollarlik (shu jumladan 77,6 million dollar o‘z mablag‘i va 73,2 million dollar tijorat bank krediti) 9 farmasevtika loyihalari amalga oshirilmoqda. Loyihalar to‘liq quvvat bilan ishga tushgandan so‘ng yillik ishlab chiqarish hajmi 392,3 milliard so‘mni tashkil etib, 1 ming 134 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
2018 yil yakuniga qadar 51 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilishi va 428 nafar ish o‘rinlari yaratilishi natijasida 3 loyiha amalga oshirilib, 2019 yil birinchi yarim yillik yakuniga ko‘ra, 24,1 milliard so‘m miqdoridagi mahsulotlar ishlab chiqarildi.
“Pharm Plast Holding” MChJ tomonidan 3,1 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilishi va 40 nafar yangi ish o‘rinlari natijasida tibbiyotda bir martalik ishlatiladigan flakonlar ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshirilgan. Joriy yilning 6 oy yakuniga ko‘ra qadar 2,0 milliard so‘m miqdoridagi mahsulotlar ishlab chiqarilishiga erishildi.
“Grace Pharma” MChJ tomonidan tayyor dori vositalari ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha 3 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritildi. 50 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi. Joriy yil birinchi yarim yillik yakuniga ko‘ra 6 ta loyiha bo‘yicha 54,6 million AQSh dollari miqdorida investitsiya o‘zlashtirilgan.
“Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasida gaz tarmog‘i bilan ta’minlash bo‘yicha 6,8 milliard so‘mlik ishlar amalga oshirilmoqda. Avtomobil yo‘llari uchastkalarini qurish va ta’mirlash tadbirlari uchun 1milliard 700 million so‘mlik mablag‘ yo‘naltirildi.
– Erkin iqtisodiy zonalarning tashkil etilishi mamlakatimiz budjeti mablag‘larini tejashga va iqtisodiyotimiz rivojiga katta hissa qo‘shadi, – deydi “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi direktori Nurbek Qurbonov. – Faoliyatimiz davomida rivojlangan xorijiy davlat tajribalaridan foydalanamiz. Import va eksportda muammolar mavjud. Kelajakda faoliyatimizda to‘siq bo‘layotgan kamchiliklarni ijobiy hal etib, mamlakatimiz xududida ishlab chiqarilmaydigan, ammo xalqning talabi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirilganmiz. Hozirda xorijiy investorlarni jalb qilish uchun barcha shart-sharoitlar yetarli. Tumanlarda rivojlanmagan tarmoqlarni rivojlantirish maqsadida yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda.