Yangi chempionlar aniqlandi
Nukusda yunon-rum kurashi boʻyicha 2000-2002-yillarda tugʻilgan yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston Kubogi musobaqasi oʻtkazildi.
Nukusda yunon-rum kurashi boʻyicha 2000-2002-yillarda tugʻilgan yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston Kubogi musobaqasi oʻtkazildi.
Musobaqada Toshkent shahri, barcha viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 300 nafardan ortiq iqtidorli sportchilar 10 ta vazn toifasi bellashdi.
Keskin va murosasiz kechgan bahslar yakunida oʻz vazn toifalarida Zayniddin Nashirov (Toshkent vil.), Olloyor Abduqodirov (Namangan vil.), Javohir Samatov (Navoiy vil.), Shohruh Abdullayev (Toshkent vil.), Jamol Jumaboyev (Buxoro vil.), Dilshod Omongeldiyev (Toshkent vil.), Abrorbek Mamirov (Andijon vil.), Yergali Ayximboyev (Toshkent vil.), Abror Nurmuhamedov (Toshkent sh.), Muhammadali Saydullayev (Navoiy vil.) gʻolib boʻldi.
Gʻolib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.