Yakuniy davlat attestatsiyasi uchun qur’a tashlash jarayonlariga start berildi
2025-2026 o‘quv yilida umumta’lim maktablari bitiruvchilari uchun o‘tkaziladigan yakuniy davlat attestatsiyasi doirasida imtihon fanlari bo‘yicha qur’a tashlash jarayonlari boshlandi.
Ma’lum qilinishicha, 11-sinf o‘quvchilari uchun tanlov fanlari — fizika, kimyo, biologiya, geografiya, davlat va huquq asoslari, ona tili va adabiyoti (qarindosh tillar), shuningdek chet tili fanlaridan imtihon variantlarini aniqlash bo‘yicha qur’a tashlash tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tartibga ko‘ra, yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha yozma imtihonlar uchun tayyorlangan variantlar orasidan imtihon belgilangan kundan bir kun avval qur’a tashlash yo‘li bilan ikkita variant tanlab olinadi.
Mazkur jarayon imtihonlarning ochiqligi, shaffofligi va adolatli o‘tishini ta’minlashga xizmat qiladi. Tanlab olingan variantlar asosida bitiruvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazadi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA