Xusiylar hujumi sabab Saudiyadagi yirik NQIZ yopildi
“Reuters” agentligi xabar berishicha, Yamandagi xusiylar guruhi tomonidan uyushtirilgan hujum sabab, “Saudi Aramco” kompaniyasiga qarashli Jazon shahrida joylashgan, kuniga 400 000 barrel xom ashyoni qayta ishlash quvvatiga ega zavod faoliyatini vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Ma’lumotga ko‘ra, hujum oqibatida majmuaning gaz bilan ta’minlash hamda xom ashyo saqlash inshootlariga zarar yetgan. Hozir korxonani tiklash va ta’mirlash jadal olib borilyapti. Dastlabki hisob-kitobga ko‘ra, zavod faoliyati 15-avgustga qadar to‘liq qayta tiklanishi kutilyapti.
Ta’kidlanishicha, ushbu ma’lumot “International Intelligence Report” (IIR) tahliliy hisobotiga tayanib tarqatilgan. “Saudi Aramco” esa holat yuzasidan hozircha rasmiy izoh bermagan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA