Xurshid Qodirov - Paraosiyo o‘yinlari g‘olibi
Yaponiya mamlakati mezbonlik qilayotgan V Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari navbatdagi medallarni qo‘lga kiritdi.
Qit’amizning eng nufuzli sport tadbirlaridan biri bo‘lgan mazkur musobaqaning para yengil atletika yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi F32 klassida klub uloqtirish bahslarida hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Xususan, Xurshid Qodirov 36,11 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi va Paraosiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatdi. Sunnat Botirov esa 33,67 metr natija bilan bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 44 ta oltin, 48 ta kumush va 50 ta bronza, jami 142 taga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA