Xovoslik Kamronga uy sovg‘a qilindi
Davlatimiz rahbari tomonidan 2021 yil 9-avgustida “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarori qabul qilingandi.
Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda amaliy ishlar bajarilmoqda. Jumladan, Sirdaryo viloyat Xovos tumani “Istiqlol” mahallasidan Kamron Jo‘raboyevga 2 xonali xonadon tantanali ravishda topshirildi. Unda Xovos tuman hokimi Ulug‘bek Yo‘ldoshev, tuman sektor rahbarlari, nuroniylar, tegishli mas’ullar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mazkur xonadon 12 turdagi zaruriy uy jihozlari, gilam, stol-stul, muzlatkich, televizor, gaz plita, yotoq mebellari va boshqa kerakli anjomlar bilan ta’minlandi. – Prezidentimizdan bir umr minnatdorman. Endi mening ham o‘z uyim bor va unda xotirjam yashaydigan bo‘ldim, – deydi Kamron sevinchini yashirolmay.

Sh.Suyarov, O‘zA.