Xorijlik ustozlar yetib keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2026/2027 o‘quv yili uchun shahar va tumanlar kesimida 126 nafar xorijiy mutaxassisga ehtiyoj shakllantirilgan bo‘lib, hozirgi kunda 76 nafar xorijiy ustoz yetib keldi.

Mazkur ehtiyoj asosida xorijiy mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan suhbatdan o‘tkazilib, ular bilan tegishli shartnomalar tuzilmoqda hamda mamlakatimizga jalb etilmoqda.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri