Xorijiy tajriba o‘rganildi
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi pedagoglari uchun xorijlik mutaxassislar ishtirokida trening tashkil etildi.
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi pedagoglari uchun xorijlik mutaxassislar ishtirokida trening tashkil etildi.Mamlakatimizda barcha sohalar qatori madaniyat va san’at rivoji, ushbu soha kadrlari malakasini oshirish, ular o‘z mutaxassisligi bilan birga xorijiy tillarni o‘rganishi uchun keng imkoniyat yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2015-yil 12-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni professor-o‘qituvchilarning kasb malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etishda muhim dasturilamal bo‘layotir.
Treningda Parij oliy milliy musiqa va raqs konservatoriyasi professorlari tinglovchilargamutaxassislik ko‘nikmalari, sahna nutqi va madaniyati, chet tillar, axborot texnologiyalari, san’at asarlarini taqdim etish usullari, pedagogik mahorat kabi yo‘nalishlar bo‘yicha saboq berdi.
Mashg‘ulotlar doirasida muloqot qilish ko‘nikmasi, mamlakatimiz va dunyoda san’at va madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlari kabi mavzularda suhbatlar o‘tkazildi. Treninglar interfaol uslublarda tashkil etilgani bois ishtirokchilar uchun kurslar qiziqarli va samarali bo‘ldi.