Xorazmlik yosh regbichi qizlar taqdirlandi
«Regbi-7» bo‘yicha U-18 ayollar jamoalari o‘rtasida Toshkent shahrida o‘tkazilgan respublika turnirida Xorazm viloyati regbichi qizlari final uchrashuvida Namangan viloyati terma jamoasini 17:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.
Xorazm viloyati terma jamoasining to‘rt nafar regbichisi O‘zbekiston U-18 terma jamoasi a’zosiga aylandi. Bu degani, kelgusida xorazmlik regbichi qizlar xalqaro maydonlarda mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.
Ayni damda Xorazmga qaytgan yosh regbichi qizlarni viloyat hokimining o‘rinbosari B.Saidov erishgan g‘alabalari bilan samimiy tabriklab, ularga diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi.



Ahmadjon Shokirov, O‘zA