Xorazmda "Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston kelajagi" mavzusidagi o‘quv-seminarga start berildi.
Seminarning ilk kuni ishtirokchilar tantanali ravishda kutib olinib, “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
208 nafar ishtirokchi qatnashgan bellashuvda bilim, mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

Seminarning ikkinchi kuni amaliy tadbirlarga boy bo‘ldi.

Ma’mun universitetida tashkil etilgan seminar davomida ishtirokchilar ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda yangi o‘quv yilini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mashg‘ulotlar jarayonida amaliy tajribalar tahlil qilinib, ta’lim tizimida samaradorlikni oshirishga qaratilgan yangi yondashuvlar muhokama qilinmoqda.

Mazkur o‘quv-seminar 13-avgust kuniga qadar davom etadi.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA muxbiri