Xonadonlarga quyosh panellari o‘rnatilmoqda
Shirin shahrining Farhod mahallasidagi quyosh panelli xonadonlarning birida elektr energiyasini iqtisod qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi mas’ullari, shahar sektorlari rahbarlari, soha mutaxassislari va mahalla faollari hamda shahardagi tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etgan seminarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ularni o‘rnatgan iste’molchilarga berilayotgan imtiyozlar, quyosh panellari o‘rnatilishi natijasida energoresurslarni tejash bilan birga, nafaqat xarajatlarni kamaytirish, balki daromad olish mumkinligi xususida so‘z yuritildi.


Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari va bank xodimlaridan javoblar va kerakli tavsiyalarni oldi.
Shu kuni Shirin shahrining Farhod mahallasi hududida istiqomat qiluvchi U.Berdiqulovning xonadoniga 3 kVt.li quyosh panellari o‘rnatildi.



G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri