"Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" temir yo‘li qurilishi faol bosqichga kirdi
Qirg‘iziston transport va kommunikatsiya vaziri o‘rinbosari Olmos Turg‘unboyev Xitoy davlat temir yo‘l korporatsiyasi vakillari bilan uchrashdi. Tomonlar "Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" temir yo‘li qurilish bosqichlarini muhokama qilishdi.
Uchrashuvda loyiha bo‘yicha asosiy xalqaro va investitsiya shartnomalari allaqachon imzolangani va barcha moliyalashtirish masalalari hal qilingani ta’kidlandi. Hozirda tunnellar, ko‘priklar va boshqa infratuzilma inshootlari qurilishi davom etmoqda.
Bundan tashqari, ikki mamlakat vakillari loyihani amalga oshirishda shaffoflik muhimligini ta’kidladilar va qurilishni o‘z vaqtida yakunlash uchun birgalikda ishlashni davom ettirishga kelishib oldilar.
Ma’lumki, ushbu temir yo‘l mintaqadagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biridir. Yo‘nalishning umumiy uzunligi taxminan 480 km ni tashkil etadi, shundan 304 km dan ortig‘i Qirg‘iziston hududida. Temiryo‘l qurilishining rasmiy ochilishi 2024-yil 27-dekabrda uch mamlakat prezidentlari tomonidan amalga oshirildi.
S.Rahimov, O‘zA