Xitoy koinotga “Shenchjou-23” fazo kemasini uchirdi
XXR “Tyangun” orbital stansiyasidan ichida uch nafar fazogir bo‘lgan “Shenchjou-23” koinot kemasini uchirdi. “Reuters” yozishicha, ekipaj a’zolaridan biri mamlakat tarixida birinchi marta stansiyada bir yil davomida ishlaydi.
Missiya Xitoy va AQSH o‘rtasida odamlarni Oyga olib chiqish bo‘yicha raqobat kuchayib borayotgan bir paytda amalga oshirildi.
Joriy yil aprel oyida “NASA” “Artemis II” missiyasini muvaffaqiyatli yakunladi - bu 50 yildan ortiq vaqt ichida birinchi odam boshqaradigan raketa Oyni aylanib chiqishi bo‘ldi. To‘rt kosmonavt taxminan 10 kun parvoz qilishdi va 1,1 million kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tishdi.
Fevral oyida “NASA” “Space Launch System” raketasidagi texnik muammolar tufayli birinchi odam boshqaradigan apparatning Oyga qo‘nishini 2027-yildan 2028-yilga qoldirdi.
Pekin esa 2030-yilga kelib Oyga odam qo‘nishini amalga oshirishga va 2035-yilga kelib Rossiya bilan birgalikda doimiy Oy bazasini yaratishga umid qilmoqda.
S.Rahimov, O‘zA