Xitoy bezgak xastaligini butunlay bartaraf qildi
Xitoy yaqinda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan (JSST) «bezgak kasalligidan holi mamlakat» maqomini tasdiqlovchi sertifikatni oldi.
«70 yillik sa’y-harakatlardan keyin, Xitoy nihoyat JSSTning bezgak kasalligidan holi bo‘lgan mamlakat ekanini tasdiqlovchi sertifikatni oldi. Chin mamlakati 1940 yildan buyon bezgak kasalligi bilan bog‘liq har yili 30 millionga yaqin holatlar bo‘yicha xabar berib kelardi», – deyiladi JSST e’lon qilgan xabarda.
JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesusning ta’kidlashicha, Xitoy o‘n yillab olib borgan tizimli sa’y-harakatlari natijasida ushbu muvaffaqiyatga erishdi.
Tashkilotning ma’lum qilishicha, Xitoy so‘nggi 30 yil ichida Tinch Okeanining G‘arbiy qismida ushbu sertifikatni olgan birinchi mamlakat bo‘ldi.
Xabarda keltirilishicha, «bezgak kasalligi bartaraf qilingan mamlakatlar» sertifikatini hozirgacha 40 ta mamlakat olgan. Bundan oldin ushbu sertifikat Salvador (2021 yil), Argentina (2019 yil) va O‘zbekistonga (2018 yil) berilgan edi.