Xayr saxovat tadbirlari davom etmoqda
Yangi yil bayrami arafasida ehtiyojmand va nogironligi bor oilalar holidan xabar olish eng xayrli tashabbuslardandir.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Koson tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan Koson tumani Regzor MFYda yashovchi kam ta’minlangan fuqarolar holidan xabar olindi. Jumladan, 1- guruh nogironi Nazira Ergasheva, Abdusalom Burxonov va Murod Egamberdiyevlarga yangi yil sovg‘alari ulashildi.
O‘lmas Barotov, O‘zA.