Xatirchidagi uzumchilar qishlog‘ini bilasizmi?
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi Tasmachi qishlog‘ida yashayotgan aholi asosan uzumchilik bilan shug‘ullanadi. Mazkur hududda tayyorlangan mayizlar esa shiradorligi bilan xaridorgir.
[gallery-8619]
Qishloqda 3 ming gektarga yaqin tokzor mavjud bo‘lib, deyarli barcha xonadonlarning 50 sotix, 1 gektar yerida uzum yetishtiriladi. Tamachida katta mayiz bozori ham bor. Haftada ikki kun faoliyat ko‘rsatadigan mazkur bozorda 170 tonnagacha mayiz sotiladi. Xaridorlar turli viloyatlardan keladi.
Ta’kidlash joiz, joriy yildan boshlab qishloqda har yili avgust-sentyabr oyida uzum festivalini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Siroj ASLONOV olgan surat), O‘zA