Xarri Keynning dubli Angliyaga Kongo ustidan g‘alaba qozonishiga yetarli bo‘ldi
Uchrashuv yakunlandi.
Jahon chempionatining 1/16 final bosqich o‘yinlari davom ettirilmoqda.
Mundialning asosiy favoritlaridan biri sanalgan Angliya terma jamoasi O‘zbekistonni mag‘lub etib, pley-offga yo‘l olgan Kongoga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda tezkor gol kuzatildi. O‘yinning 7-daqiqasida Sipanga gol urib, Kongoni hisobda oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng o‘yin nazorati to‘liqligicha inglizlar tomoniga o‘tib ketdi. Biroq gol uzoq kutildi. Bellashuvning 75-daqiqasiga kelib, Antoni Gordon uzatib bergan to‘pni Xarri Keyn boshi bilan gol urdi va hisobni tenglashtirdi. Oradan 11 daqiqa o‘tib, Keyn dublni rasmiylashtirib, hisobni inglizlar tomoniga o‘zgartirdi 2:1. Ushbu gol o‘yindagi so‘nggisi bo‘ldi va Angliya g‘alaba qozonib, nimchorak finalga yo‘l oldi.