Xaridorlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan aholi farovonligini ta’minlash, bayram kunlarida yurtdoshlarimizga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Namangan viloyatining Norin tumanida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Tuman hokimligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman bo‘limi hamda mas’ul tashkilotlar hamkorligida aholi uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari savdosi tashkil etildi.
[gallery-30885]
Xususan, tumandagi dehqon bozorida o‘tkazilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasida go‘sht, guruch, o‘simlik yog‘i, shakar, sabzavot va poliz mahsulotlari hamda kundalik ehtiyoj uchun zarur boshqa mahsulotlar aholiga hamyonbop narxlarda taklif etilmoqda.
Savdo jarayonining belgilangan tartibda tashkil etilishi, mahsulotlarning maqbul narxlarda sotilishi va xaridorlar uchun yaratilgan qulayliklar mas’ullar tomonidan nazorat qilib borilmoqda.
Bunday yarmarkalar aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash va Mustaqillik bayrami arafasida yurtdoshlarimizga qo‘shimcha qulayliklar yaratishga xizmat qilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA