Xames Rodriges va Ronalduning munosabatlari oydinlashdi
Kolumbiyalik futbolchi Xames Rodrigesning otasi oʻgʻlining kelajagi haqida oʻz fikrlarini bayon qildi.
Kolumbiyalik futbolchi Xames Rodrigesning otasi oʻgʻlining kelajagi haqida oʻz fikrlarini bayon qildi.
Uilson Rodrigesning fikricha, Xames yozda “Yuventus” tarkibiga borib qoʻshilsa, hayotidagi eng toʻgʻri qarorini qabul qilgan boʻladi.
“Hozir oʻgʻlimning bu yerdagi muhitdan koʻngli toʻlmayapti. U xotirjam emas. Kayfiyati ham oʻzgaruvchan.
Xamesning Kovach bilan munosabati? Anchelotti va Xaynkes uni oʻz pozitsiyasidagi eng yaxshi futbolchilardan biri boʻlishiga katta yordam berdi. Oʻylaymanki, maydonda eng yaxshilar toʻp tepishi kerak! Maydonda kuchingiz qolmagunicha harakat qilishingiz kerak.
Har safar oʻgʻlimni zaxira oʻrindigʻida koʻrsam, juda xafa boʻlaman.
Xames koʻp takliflar oldi. “Yuventus”? U Krishtianu Ronaldu bilan juda yaqin. Men Italiya futbolini tomosha qilib boraman. U yerda haqiqiy jangchilar toʻp surishadi. Oʻylaymanki, hozir “Yuve”ga oʻtish uchun juda yaxshi imkoniyat bor”, deydi Xames Rodrigesning otasi Uilson Rodriges.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Bavariya” 27 yoshli yarim himoyachini “Real” taklif qilayotgan 47 million evrolik summaga sotib ololmasligi borasida xabarlar tarqalgan edi.