Xalqaro tajriba va innovatsion yondashuv asosida
FOTOREPORTAJ
Urganch davlat universitetida Fraktal fazolar va dinamik sistemalar bo‘yicha chuqurlashtirilgan ta’lim institutining o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.
[gallery-13049]
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Urganch davlat universiteti, O‘zFA Matematika instituti, AQSHning Kaliforniya universiteti, Amerika Milliy tadqiqotlar fondi hamda Xorazm Ma’mun akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu loyiha mashg‘ulotlarida okeanorti davlati universitetlaridan 20 nafar, Xitoydan 11 nafar, O‘zbekistondan 10 nafar, shuningdek, UrDU Fizika-matematika fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etmoqda.
Bir haftaga mo‘ljallangan ushbu loyiha AQSH Milliy tadqiqotlar fondi tomonidan moliyalashtirilgan.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA