Xalqaro kuzatuvchilar Qashqadaryoda
Bugun rossiyalik xalqaro kuzatuvchilar Nikita Sergeyevich Alfyorov va Stanislav Mixaylovich Kukarsev 13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasi faoliyati bilan tanishdi.
Okrug saylov komissiyasi raisi Isoq Ahmedov kuzatuvchilarga okrugda yaratilgan sharoitlar xususida va viloyatdagi saylov uchastkalari faoliyati xususida batafsil ma’lumot berdi.
– Bir nechta saylov uchastkasida bo‘lishga ulgurdik, – deydi N.Alfyorov. – Shaharga kirganimizdan boshlab barcha saylov uchastkalarida qat’iy tartib-intizomga guvoh bo‘lyapmiz. Bu yerda yana uch kun bo‘lamiz va saylov jarayonlarida bevosita ishtirok etamiz. Hammasi juda ajoyib o‘tishiga ishonchimiz komil. Shu paytgacha hech qanday qonun buzilishlari qayd etilmadi. O‘zbekistonlik hamkasblarimiz – professional jamoa tomonidan barcha jarayonlar shaxmat doskasidagidek aniq tartibda tashkil etilgan. Vohamizga xalqaro kuzatuvchilar tashrifi davom etmoqda.
[gallery-12640]
O‘lmas Barotov,
Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA.