Xabiyev Temur Rafaelevichning psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Menejerlarning muzokaralar faoliyatida qaror qabul qilishning metakognitiv xususiyatlari” mavzusida
Xabiyev Temur Rafaelevichning 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligi bo‘yicha “Menejerlarning muzokaralar faoliyatida qaror qabul qilishning metakognitiv xususiyatlari” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2021.P.01.07 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 28 dekabr kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi, 4-uy. O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlari fakulteti binosi, 4-qavat 409-xona.
Tel.: (0-37) 246-67-72
e-mail: nauka@nuuz.uz