“X” daromadi 2023 yil uch hissa kamayadi
2023 yil yakuniga kelib, “X” ijtimoiy tarmog‘i (sobiq “Twitter”)ning reklama daromadi 2,5 milliard dollarga yaqinlashadi, bu o‘tgan yil ko‘rsatkichidan ancha kam, deb yozdi “Blumberg”.
– “X” joriy yilning uch choragida reklamadan 600 million dollardan pul ishladi, oxirgi chorak ham shunday natija kutilyapti, – qayd etilgan agentlik xabarida. – 2022 yil esa kompaniya ayni yo‘nalishda har chorak 1 milliard dollardan topgan. Reklama ijtimoiy tarmoqning asosiy daromad manbai hisoblanadi. E’lon joylashtirishdan keladigan foyda umumiy daromadning 70-75 foizini tashkil etadi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, “X Corp” Ilon Mask tomonidan asos solingan Amerika kompaniyasidir. Iyul oyida rebrending o‘tkazilib, “Twitter” ijtimoiy tarmog‘i logotipi va nomi “X”ga o‘zgartirilgan.
Aziza Alimova, O‘zA