WBO yo‘nalishining yangilangan reytingida professional bokschilarimiz qanday o‘rinlarni egalladi?
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) professional bokschilarning yangilangan jahon reytingini e’lon qildi.
WBO yo‘nalishida dunyoning eng kuchli charm qo‘lqop ustalari qayd etilgan mazkur ro‘yxatdan o‘zbek boks maktabining besh nafar a’zosi joy egalladi.
Xususan, angliyalik Daniel Dyubua chempion sanalgan eng og‘ir vazn (91,17) toifasida jang o‘tkazib kelayotgan yengilmas bokschimiz Bahodir Jalolov ro‘yxatning 7-pog‘onasida qayd etildi.

Sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev ikkinchi yengil vazn toifasida 8-o‘rinni band etdi. Ushbu vaznda hozirda yaponiyalik Naoya Inoue chempionlik kamari sohibi hisoblanadi.
Shuningdek, o‘z vazn toifalarida mahoratli bokschilarimizdan Bektemir Meliqo‘ziyev 6, Isroil Madrimov 5, Muhammad Shexov 5-o‘rindan joy olishdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA