Futzal: Milliy terma jamoa bosh murabbiysi iste’foga chiqdi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi, ispaniyalik Xose Mariya Mendes salomatligidagi jiddiy muammolar sababli o‘z xohishiga binoan lavozimini tark etdi.
Aytish lozimki, Xose Mariya Mendes joriy yil avgust oyining so‘nggi kunlaridan buyon yurak yetishmovchiligi bilan bog‘liq jiddiy tibbiy ko‘rik va tekshiruvlardan o‘tib kelmoqda.
Dastlab Toshkentda ko‘rikdan o‘tgan mutaxassis keyinchalik chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlar uchun Ispanining Madrid shahriga yuborildi.

Ispaniyalik shifokorlar Mendesga ma’lum muddat professional faoliyatidan chekinish va jiddiy davolanishni o‘tashi zarurligini bildirishdi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston futzal federatsiyasi rahbariyati uning sog‘ligi bilan bog‘liq jihatlardan kelib chiqib, Xose Mariya Mendesning iste’fosini qanoatlantirdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA