Vositachilar AQSH va Eronga vaqtincha sulh taklif qildi
Qatar, Misr va Pokiston AQSH – Eron harbiy to‘qnashuvini vaqtincha to‘xtatish va diplomatik muloqotni tiklash maqsadida 10 kunlik sulh rejasini ilgari surdi.
“Axios” nashri xabar berishicha, ushbu taklifni ko‘rib chiqayotgan Prezident Donald Tramp ma’muriyati Isroilni tinchlik muzokarasiga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan keskin qadamlardan tiyilishga chaqirgan. Shunga qaramay, Vashington muloqot foyda bermasligi ehtimolini nazarda tutib, Yaqin Sharqdagi harbiy ishtirokini kuchaytirishda davom etyapti. O‘z navbatida Isroil qurolli kuchlari ham yuqori jangovar shay holatga keltirilgan bo‘lib, vaziyat yirik urushga aylanib ketish xavfiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 8-iyul kuni Tramp Eronning Hurmuz bo‘g‘ozidagi kemalarga hujumini vaj qilib, ilgari o‘rnatilgan sulh bitimi bekor bo‘lganini ta’kidlagan. Shundan so‘ng AQSH Eron hududiga zarba bera boshladi, Tehron esa mintaqadagi Amerika harbiy majmualariga javob hujumini amalga oshirmoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA